Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Konvensiya talablari doirasida navbatdagi trening

19 Iyul 2023, 06:07

1010

18-iyul kuni Toshkent viloyatida “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi konvensiyaning bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Oltinchi davriy hisobotini tayyorlash yuzasidan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish” mavzusida trening tashkil qilindi.

So‘nggi yillarda мamlakatimizda inson huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish, qiynoqlarning oldini olish va bartaraf etish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Galdagi mashg‘ulot ham O‘zbekistonda YEXHTning loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” doirasida o‘tkazilmoqda.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi konvensiyaning bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Oltinchi davriy hisobotini tayyorlash doirasida xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi amaliyotlari bilan tanishtirish orqali huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va akademik hamjamiyat vakillarining bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish seminarning asosiy maqsadidir.

Trening davomida BMT Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasining O‘zbekistonga taqdim etgan yakuniy tavsiyalari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, xalqaro tavsiyalarni amalga oshirish va monitoring qilish mexanizmini takomillashtirish, qo‘mitaga davriy hisobotlarni taqdim etish shartlari va boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

21-iyulga qadar davom etadigan treningda IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari ham ekspert sifatida ishtirok etishmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech