Poytaxtimizdagi Inha universitetida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Universitet rahbariyati, talaba yoshlar, IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etgan tadbirda Konstitutsiyaning hayotimizdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga yangicha mazmun bag‘ishladi.
Tadbirda universitet prorektori T. Tursunmurodov, IIV akademiyasi dotsenti D. Qo‘shboqov va boshqalar so‘z oldi. Konstitutsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, unda ilgari surilgan oliyjanob g‘oyalar, yoshlarga doir huquq va erkinliklar, konstitutsiyaviy islohotlar samarasida erishayotgan yutuqlarimiz e’tirof etildi.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligi demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni ekanligi, shu bois, bugun barchamiz, ayniqsa yosh avlod vakillari Asosiy qonunimizni puxta o‘rganish hamda hayotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shishi zarurligi aytildi. Tadbir savol-javob tarzida davom etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati