Asosiy Qonunimiz qabul qilingan sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir yurtimiz yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtirishga xizmat qildi.
Unda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali talabalari, ta’lim sohasi faollari va yoshlar jamoatchiligi vakillari qatnashdi.
So‘z olganlar Bosh Qomusimizning yosh avlodni tarbiyalash, ularning Vatanga sadoqat, mardlik, bag‘rikenglik va fidoiylik tuyg‘ularini yuksaltirishdagi beqiyos g‘oyaviy-tarbiyaviy ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Konstitutsiyamiz umumbashariy qadriyatlar va xalqaro andozalarni o‘zida mujassam etgan dasturilamal hujjat ekanligi yoshlar tomonidan e’tirof etildi.
Do‘stlik kechasida ta’lim muassasalari yoshlari hamkorligida tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish qilindi. Kursantlarimiz ko‘rgazmali dasturlari, yurtni madh etuvchi qo‘shiqlari bilan Vatan himoyachisi bo‘lish yuksak sharafli vazifa ekanligini ko‘rsatdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati