Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati

06 Dekabr 2022, 03:12

1027

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida o‘tkazilgan tadbirda ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir Ichki ishlar vazirligi akademiyasi orkestri ijrosida davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng filial ijrochi direktori Abdulla Mag‘rupov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Ziyodullayev so‘zga chiqib, Bosh qomusimizning hayotimizdagi o‘rni, mazmun-mohiyati, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan ustuvor maqsad va tamoyillar haqida to‘xtalib o‘tdilar. Asosiy qonun inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydigan, jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun poydevor yaratadigan, xalqimizning munosib turmushini qaror toptirishga xizmat qiladigan muhim hujjat ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda universitet talabalari va Akademiya kursantlari faol ishtirok etdilar. Badiiy havaskorlik jamoalarining ona Vatanimizni madh etuvchi qo‘shiqlari, milliy kuy va raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech