Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Konstitutsiya bayrami keng nishonlandi

09 Dekabr 2023, 08:12

619

IIV Akademiyasi kursantlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz bir yilligini munosib qarshi oldilar. Sana munosabati bilan yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. 

Dastlab kunduzgi ta’limning 1-o‘quv kursi kursantlari o‘rtasida “Qomusimiz bilimdonlari” mavzuida viktorina tashkil qilindi. Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan bellashuvda 7 ta jamoa qatnashdi. Uch shartdan iborat viktorina yakunida 1-otryadning “Konspirant” jamoasi  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shundan so‘ng akademiya saf maydonida 2-o‘quv kursi kursantlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan o‘yin yosh avlodning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Bahs va munozaralarga boy o‘tgan bellashuvda 213-guruh kursantlari eng ko‘p ochko jamg‘arib, birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbirlar poytaxtimizdagi Qurolli Kuchlar muzeyi hamda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida namoyish etilgan spektakl tomoshalari bilan davom etdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech