Muhtojlarga yordam ko‘rsatish, ayniqsa xasta insonlarning dardiga malham bo‘lish – ezgu va oliyjanob ish.
IIV Akademiyasida “Men – donorman!” shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Tadbir Sog‘likni saqlash vazirligi tasarrufidagi “Qon preparatlari” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
Tibbiyot xodimi Latofat Parpixodjayevaning ta’kidlashicha, donorlik bilan muntazam ravishda shug‘ullanib turish insonning o‘zi uchun ham foydali. Bu orqali muhtoj bemorlarning sog‘ayib ketishiga sababchi bo‘lamiz. Qon topshirish xayriya aksiyasida 18 yoshdan oshgan hamda 60 yoshgacha bo‘lgan, sariq kasalga chalinmagan, “D” ro‘yxatda turmaydigan sog‘lom fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Tadbirda 100 nafarga yaqin ko‘ngilli donor xayrli amal yo‘lida qon topshirdi. Malakali shifokorlar tomonidan ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati