Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kitobxonlar uchun bellashuv

07 Aprel 2023, 09:04

1107

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov eng yaxshi kitobxonlarni aniqlab berdi.

Bellashuvda Qurolli Kuchlar akademiyasining “O‘zbegim”, IIV Akademiyasining “Yosh yuristlar”, Bojxona isntitutining “Yosh bojxonachilar” hamda FVV Akademiyasining “Muhofaza” jamoasi qatnashdi.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari “Adabiyot bilimdoni”, “Men sevgan adib” va “She’riyat” shartlari bo‘yicha kitobxonlik salohiyatlarini namoyon etishdi. Bahs-munozaralar ruhida o‘tgan bellashuvda mezbon jamoa vakillari birinchi, “Yosh yuristlar” jamoasi ikkinchi, “O‘zbegim” va “Yosh bojxonachilar” jamoalari uchinchi o‘rinni egalladi.

Taqdirlash marosimida so‘z olganlar muhtaram Prezidentimizning besh muhim tashabbusi asosida o‘tkazilayotgan tanlovlar kursantlarning intellektual bilim salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotganini e’tirof etib o‘tishdi. Tadbir havaskor yoshlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar bilan yakunlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech