Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Kitobsevar millat” shiori ostida yarmarka o‘tkazildi

08 May 2023, 05:05

723

Joriy “Ma’naviyat oyligi” munosabati bilan IIV Akademiyasida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Tinglovchi-kursantlar va xodimlarni kitobxonlikka chorlash, kitob mutolaasini ommalashtirish orqali ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samadorligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir barchani qamrab oldi.

Yarmarka davomida turli kitoblar taqdim etildi. Ayniqsa buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga oid tarixiy asarlar, o‘zbek adabiyoti namoyandalaridan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Tohir Malikning bir qator kitoblari, shu bilan birga, jahon adabiyoti namunalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech