Ushbu shior ostida o‘tkazilgan kitob yarmarkasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodimlari va tinglovchi-kursantlari faol ishtirok etishdi.
Poytaxtimizdagi kitob savdosi tarmoqlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir davomida turli yo‘nalishga oid 200 dan ortiq kitob xarid qilindi.
Aytish joizki, ta’lim muassasasida yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Eng faol kitobxon xodim”, “Eng ilg‘or kitobxon kursant” kabi ko‘rik-tanlovlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati