Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kikbokschilarimizdan 3 ta medal

18 Sentyabr 2023, 05:09

924

13–17-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasi kikboksing bo‘yicha “Uzbekistan open” III xalqaro turniriga mezbonlik qildi.

Butunjahon kikboksing assotsiatsiyasi (WAKO), O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Kikboksing assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan an’anaviy musobaqada jahonning 30 ga yaqin mamlakatidan mingdan ortiq kikboks ustalari kuch sinashdi. 

Besh kun davomida kikboks muxlislari “point fighting”, “lite contact”, “kik lite”, “lou kik”, “ful contact” va “K1” yo‘nalishlarida kechgan shiddatli janglar guvohi bo‘lishdi.

Xalqaro turnirda IIV Akademiyasi kursantlari ham munosib ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy olishdi. Jumladan, terma jamoamiz a’zolaridan Azizbek Hoshimov (91 kg vazn) oltin, Mahmudjon Davurov (+91 kg vazn) kumush hamda Asadbek Murodov (71 kg vazn) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

 Musobaqa yakunida barcha sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech