Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Kichik final” qanday o‘tdi?

15 May 2024, 09:05

438

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’limning samarali mexanizmlari keng joriy qilingan. Shulardan biri “Kichik final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlaridir.

“Kichik final” mutaxassislik yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib, kursantlarning amaliy ko‘nikmalarini boyitish va kelgusidagi faoliyatiga moslashishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlar jarayonida bilimlarni amaliy jihatdan qo‘llash, protsessual harakatlarni mustaqil ravishda bajarish, eng muhimi, terkor vaziyatda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish zarurati paydo bo‘ladi. Shu bois, “kichik final”ni o‘ziga xos sinov maydoniga qiyoslash mumkin.

Kuni kecha kunduzgi ta’lim 2-o‘quv kursi kursantlari ishtirokida navbatdagi mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Ixtisoslik kafedralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirga har bir mutaxassislik yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib tajribali amaliyotchi xodimlar jalb qilindi. Kursantlar o‘quv jarayonida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini, kasbiy ishtiyoqlarini namoyon etdilar. Kompleks mashg‘ulotlar yakunida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, bo‘lajak mutaxassislarga zarur tavsiyalar berildi.

Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan bu kabi yondashuvlar soha uchun malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi tayin.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech