Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Kichik final”: mashg‘ulotlar davom etmoqda

22 Dekabr 2023, 09:12

520

IIV Akademiyasi kunduzgi ta’limining birinchi bosqich kursantlari bilan o‘tkazilayotgan “Kichik final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in pallaga kirmoqda. 

“Tashkiliy-shtab faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi. Dastlab tadbirning ahamiyati, uni o‘tkazish tartibi, kelgusi xizmat faoliyati uchun foydali jihatlari haqida tushuncha berildi. Shundan so‘ng, kafedra professor-o‘qituvchilari va amaliyot xodimlari ishtirokida o‘quv rejada nazarda tutilgan topshiriqlar bajarildi. Mashg‘ulot yakunida natijalar tahlil qilinib, nazariya va amaliyotning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi bazasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bo‘lajak soha vakillarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Jinoyatga aloqador izlarni aniqlash, tadqiq qilish, zamonaviy uskuna va jihozlardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan har bir mashg‘ulot nazariy bilimlarni amalda qo‘llash, kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash imkonini bermoqda. Jarayonga turdosh oliy ta’lim muassasalari va amaliyot organlaridan malakali mutaxassislarning jalb qilingani esa ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech