Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Kichik final”: amaliy ko‘nikmalar shakllanmoqda

22 Dekabr 2023, 06:12

567

IIV Akademiyasi ixtisoslik kafedralari tomonidan kunduzgi ta’limning birinchi bosqich kursantlari ishtirokida “Kichik final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining sohaga oid qarorlari asosida ta’lim jarayoniga yangi yondashuvlar tatbiq qilingan edi. Shulardan biri “Kichik final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib, u kursantlarning nazariy bilimini amaliy ko‘nikmalar yordamida mustahkamlash, kelgusidagi xizmat faoliyatiga qisqa muddatda moslashishini ta’minlashga qaratilgan. Bunda kursantlar ixtisoslik yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqqan holda berilgan topshiriqlarni mustaqil ravishda bajaradilar, professor-o‘qituvchilar hamda amaliyot organlari xodimlari har bir jarayonni kuzatib, baholab boradilar. 

Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda kursantlar o‘g‘rilik jinoyati bo‘yicha hodisa joyida dastlabki tezkor tadbirlarni amalga oshirish, jinoyat guvohlari va uni sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda tergovga qadar tekshiruvga oid boshqa hujjatlarni rasmiylashtirdilar. “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlariga esa ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida inspektor-psixologlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Kompleks mashg‘ulotlar yakunida amalga oshirilgan vazifalar tahlil qilindi, hujjatlarni rasmiylashtirish va faoliyatni to‘g‘ri tashkillashtirish borasida kursantlarga zarur tavsiyalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech