Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kiberxavfsizlik – dolzarb masala

18 Dekabr 2023, 02:12

836

IIV Akademiyasida Kiberxavfsizlikni ta’minlash va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni takomillashtirish istiqbollari” mavzuyida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, manfaatdor vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamkorligida tashkil qilingan anjumanni akademiya boshlig‘ining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Najmiddin To‘raxodjayev ochdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, raqamli texnologiyalar imkoniyatlari kengayib borayotgani sayin, kiber makon bilan bog‘liq yangidan-yangi xavf-xatarlar, davlat va jamiyat manfaatlari hamda fuqarolarning shaxsiy huquqlariga tahdid solish kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda kiberjinoyatlar avj olmoqda. Bunday vaziyatda xavfsizlikni ta’minlash, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni takomillashtirish dolzarb vazifa sanaladi.

Respublika miqyosidagi konferensiyada IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i B. Mamadjanov “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish: mavjud tendensiya, prognoz va takliflar”, Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i S. Nuriddinov “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda maxsus bilimlardan foydalanishni takomillashtirish”, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi katta ilmiy xodimi X. Gadjiyev “Kriptoaktivlar sohasidagi jinoyatlarning oldini olish”, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bosh mutaxassisi Artur Valiullin “Darknet” tarmog‘idagi kiberjinoyatlar axborot xavfsizligiga tahdid sifatida”, IIV akademiyasi Axborot texnologiyalari kafedrasi boshlig‘i A. Iminov “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash yo‘nalishida kadrlar tayyorlash” kabi mavzuyida ma’ruza qildi.

Kiberxavfsizlikni ta’minlash, faoliyatning huquqiy jihatlarini takomillashtirish, zamonaviy xavf-xatarlarning oldini olish, axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha xalqaro tajribaning ilg‘or xususiyatlarini o‘rganish kabi dolzarb yo‘nalishlarda taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech