Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kibersport g‘oliblari aniqlandi

20 Sentyabr 2024, 11:09

272

Yurtimizda kibersportni rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan galdagi musobaqada kunduzgi ta’lim o‘quv kurslaridan 22 ta jamoa qatnashdi. Jamoalar kibersportning “Counter Strike” turidan o‘zaro bellashdilar.

Qiziqarli kechgan musobaqada 3-o‘quv kursining iqtidorli yoshlaridan tarkib topgan jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qolgan o‘rinlar 1 va 2-o‘quv kurslari jamoalariga nasib etdi.

Axborot texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqa so‘nggida kursantlarni kibersportning eng ommalashgan turlariga keng jalb qilish muhimligi ta’kidlanib, jamoalarga diplomlar topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech