28-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Qozog‘iston Respublikasi IIV Olmaota akademiyasi bilan hamkorlikda onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va kunduzgi ta’lim bakalavriatining “ekspert-kriminalistika faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari ishtirok etdi.
Olmaota akademiyasi vakillari kiber makonda yuzaga kelayotgan tahdidlar, global internet tarmog‘ining ijobiy va salbiy tomonlari, kiberxavfsizlikni ta’minlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy dasturlar, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oldi olish yo‘llari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun IT bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda raqamli kriminalistikaning o‘rni, sohadagi muammolar va ularning yechimlariga batafsil to‘xtalib o‘tishdi.
Videomuloqot chog‘ida IIV Akademiyasida ekspert-kriminalist mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotgan joriy etish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati