Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kiberjinoyatlar qanchalik xavfli?

18 Aprel 2024, 09:04

666

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy konferensiyada kiberjinoyatlarning oldini olish va fosh etishning zamonaviy usullari haqida so‘z bordi.

Manfaatdor tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan anjumanda soha mutaxassislari, olimlar, tadqiqotchilar, kursant yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda kiber makonda sodir etilayotgan jinoyatlar tendensiyasi o‘sib bormoqda. Ushbu global muammoga yechim topish uchun kiberxavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish zarur. Bu borada xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, ilg‘or yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish, eng muhimi, kiberjinoyatlarning oldini olish va fosh etishning zamonaviy usullarini qo‘llash muhim.

Tadbirda IIV Kiberxavfsizlik markazi, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari so‘zga chiqdi.

“Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik”, “Kiberjinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlarining tavsifi”, “Kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonida kriptoaktivlarni tadqiq etish” mavzuida ma’ruzalar qilindi. Sohadagi yutuq va muammolar yuzasidan fikr almashilib, dolzarb taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech