Bugungi kunda kibermakonda yuzaga kelayotgan tahdidlar real hayotdagi xavf-xatarlardan jiddiy tus olmoqda. Kiberhujumlarga qarshi samarali kurashish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
“Muloqot” klubi doirasida tashkil qilingan tadbir “Kiberhujum turlari va ulardan himoyalanish usullari” mavzuiga bag‘ishlandi. Unda IIV akademiyasida ta’lim olayotgan kursantlar hamda Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuvga Toshkent shahar IIBBning Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Musayev taklif qilindi.
Mutaxassis axborot texnologiyalarining zamonaviy imkoniyatlari, kibermakon bilan bog‘liq muammolar, kiberjinoyatlarning oldini olish va ularni fosh qilish usullari, jamiyatda kiberxafsizlikni ta’minlash va aholining kibermadaniyatini shakllantirish omillari, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga atroflicha to‘xtaldi.
Sohadagi yutuq va muammolar haqida fikr almashilgan uchrashuv davomida kursantlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati