Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kasbiy yetuklik garovi

05 Oktyabr 2023, 10:10

984

Ichki ishlar organlari tizimida xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning samarali tizimi amaliyotga tatbiq qilingan.

Mazkur tizim asosida Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda sportning yakkakurash va boshqa turlarini rivojlantirish orqali xodimlarning jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘quv muassasasida xodimlarning sport bilan shug‘ullanishi va o‘z ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Hafta davomida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlardan tashqari, turli to‘garaklar faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani shaxsiy tarkib a’zolari uchun xizmatdan ajralmagan holda kasbiy tayyorgarlikni oshirib borish, belgilangan vazn ko‘rsatkichlarini me’yorda saqlash imkonini bermoqda.

Aytish joizki, tizim samaradorligini oshirish maqsadida xodimlarga malaka toifalarini berishning yangi mezonlari joriy qilingan. Jismoniy tayyorgarlik sinovlarining ushbu mezonlar asosida qabul qilinayotgani ayni yo‘nalishdagi ishlar samarasini oshirmoqda.  

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Faxriddin Andamurodovning ta’kidlashicha, ortiqcha vaznga ega xodimlar uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Tibbiyot xodimlari tavsiyasi bilan ularga ovqatlanish ratsioni bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Yuqoridagilar natijasida shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligi doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech