Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kasbiy tayyorgarlik – xizmatda o‘sish garovi

28 Mart 2023, 09:03

807

Amaldagi kodeksga binoan, ichki ishlar organi xodimlari o‘z xizmat vazifalarini yuksak professional darajada bajarishi, bilim va kasbiy ko‘nikmalarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi kerak.

Kasbiy mahoratning asosiy yo‘nalishlaridan biri esa yuqori jismoniy tayyorgarlik sanaladi. Tizimning barcha sohaviy xizmatlarida bo‘lganidek, IIV Akademiyasida ham xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xodimlar bilan tasdiqlangan jadval asosida sportning yugurish va yakka kurash turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Har bir mashg‘ulot malakali mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, hafta yakunida boshlang‘ich sinovlar qabul qilish tartibi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, trenajyor zalida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar xodimlarning qo‘shimcha chiniqishi uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.

Jismoniy va jangovar tayyorgarlik guruhi inspektori, kapitan Botir Rasulovning aytishicha, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning uzluksiz tizimi shaxsiy tarkibning xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech