Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kasbiy madaniyatni oshirish yo‘lida

10 Fevral 2023, 08:02

806

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida yo‘l harakati xavfsizligi va patrul-post xizmati xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

Xodimlarning kasbiy madaniyati va xizmat tayyorgarligini yuksaltirish, fuqarolar bilan muloqot chog‘ida mas’uliyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan o‘quv yig‘inining navbatdagi bosqichiga 50 nafar xodim jalb qilindi.

Malakali mutaxassislar hamda amaliyot xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatining dolzarb vazifa va yo‘nalishlariga bag‘ishlangan interfaol mashg‘ulotlar olib borildi. Jumladan, IIV Akademiyasining Psixologik ta’minlash markazi boshlig‘i, podpolkovnik Ilhomali Kalonov “Muloqot va muomala psixologiyasi”, “Stress vaziyatlarda o‘zini-o‘zi boshqarishning psixologik omillari”, “Fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullari”, “Ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash metodlari”, “Xodimlarning kasbiy faoliyatida yuzaga kelayotgan nizoli holatlarning oldini olish” kabi mavzularda trening o‘tkazdi.

Muxtasar qilib aytganda, tizimning xalqchil faoliyatini ta’minlash yo‘lidagi izchil islohotlar jarayonida tashkil etilgan mashg‘ulotlar xodimlar uchun foydali ko‘nikmalarga boy bo‘ldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech