Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kasb madaniyatini yuksaltirish yo‘lida

27 Oktyabr 2022, 05:10

1143

Joylarda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligi va muomala madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan o‘quv yig‘inlari davom ettirilmoqda.

Sayyor mashg‘ulotlar ichki ishlar organlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish, soha xodimlarining kasbiy madaniyati va psixologik ko‘nikmalarini yuksaltirish maqsadida tashkil qilinyapti.

Malakali psixologlar tomonidan xodimlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib, xizmatni oqilona tashkil etish, nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, fuqarolar bilan samarali muloqotga kirishish, ayniqsa ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Bundan tashqari, stress va agressiv holatlarni yengillashtirishga qaratilgan psixokorreksion mashqlar yordamida xodimlarning psixologik bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanyapti.

 Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirining 2022-yil 6-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarida muomala madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar bilan muloqotda ularning mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan oktyabr oyida Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yo‘l-patrul, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda patrul-post xizmati xodimlari ishtirokida uch marotaba o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar yakunida soha vakillariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech