Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Joylarda taqdimotlar o‘tkazilmoqda

13 Mart 2024, 09:03

830

Hududlarning kriminogen vaziyatini yaxshilash maqsadida yaratilgan metodik qo‘llanmalar bo‘yicha joylarda interfaol mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida bo‘lib o‘tgan taqdimot “Bezorilik jinoyatlarining oldini olish metodikasi”ga bag‘ishlandi. Tadbirda viloyat IIB sohaviy xizmatlar rahbarlari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari, mahallalarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari va boshqalar ishtirok etdi.

Taqdimotda Qarshi shahrining kriminogen xususiyatini o‘rgangan holda tayyorlangan qo‘llanmaning dolzarb ahamiyati, mazmun-mohiyati, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan tavsiyalar va ularni amaliyotga tatbiq qilish mexanizmlari tushuntirildi.

Aytish joizki, xuddi shunday mashg‘ulotlar Samarqand viloyatida ham o‘tkazilmoqda. Toyloq, Urgut va Bulung‘ur tumanlari ichki ishlar bo‘linmalarida o‘tgan tadbirda “O‘g‘rilik jinoyatlariga qarshi kurashishni tashkil etish metodikasi” atroflicha targ‘ib qilindi. Hududlarning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, ayniqsa ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlarning sabab va sharoitlarini aniqlash, barvaqt oldini olish, profilaktik ishlarni manzilli amalga oshirish yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar, ilmiy asosga ega taklif hamda tavsiyalar soha xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech