Olimlarning hisob-kitobicha, har kuni yarim soatdan ko‘proq jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lish organizmni sezilarli darajada tetiklashtirar ekan.
Demak, bunday mashqlar barchamiz, ayniqsa ichki ishlar organlari uchun juda foydali. Jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini bir maromda tashkil etish soha xodimlarining salomatligini mustahkamlash bilan bir qatorda, xizmatga yuqori shayligini ta’minlaydi.
Bu borada IIV Akademiyasi sport majmuasida shaxsiy tarkib uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Haftaning belgilangan kunlari o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, xodimlarning jismoniy va jangovar qobiliyatini yuksaltirib borishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kadrlar bo‘limi inspektorlarining ta’kidlashicha, xodimlar o‘rtasida sportning voleybol, minifutbol, stol tennisi, yugurish va boshqa turlari bo‘yicha bo‘yicha bellashuvlar ham o‘tkazilyapti. Mazkur musobaqalar Akademiya terma jamoasi uchun munosib nomzodlarni saralab olishga xizmat qilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati