Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

JINOYATLARNI HISOBGA OLIŞNI RAQAMLAŞTIRIŞ TIZIMDA KORRUPSIYANING OLDINI OLADI

15 Mart 2025, 20:03

2125

Yangi Özbekistondagi keng kölamli islohotlar inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, jamiyatda “inson qadri uçun” degan ezgu tamoyilni tölaqonli röyobga çiqarişga qaratilgan.

Inson qadrini uluğlaş, avvalo, aholining farovonligini oşiriş, qonun ustuvor jamiyatni barpo etiş deganidir. Buning uçun har bir sohada oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, xalq manfaatlariga xizmat qiladigan samarali tizim yaratiş, korrupsiyaviy holatlarga butkul barham beriş va uşbu illatga qarşi murosasiz kuraşiş lozim.

Bu borada Prezidentimiz Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi yiğilişida islohotlar yölidagi eng katta tösiq va ğov korrupsiya ekanini alohida ta’kidladi. Tanqidiy-tahliliy ruhda ötgan yiğilişda davlatimiz rahbari tomonidan aniq maqsadlarga yönaltirilgan 55 ta taşabbus ilgari surildi. Muhim yönalişlar qatorida jinoyatlarni hisobga oliş tizimini töliq raqamlaştiriş masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida jinoyatga oid ma’lumotlarni körib çiqiş va hal etişga doir qator normalar belgilangan. Jumladan, jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boşqa ma’lumotlar röyxatga olinişi va darhol yoki qöşimça tekşiriş zarurati bölganda ön sutka yoxud prokurorning ruxsati bilan bir oygaça bölgan muddatda hal qilinişi lozim. Uşbu muddat jinoyatga oid ma’lumotlar qayd etilgan vaqtdan boşlanib, holat böyiça jinoyat işini qözğatiş yoki qözğatişni rad qiliş töğrisida qaror çiqarilguniga yoxud tergovga qadar tekşiruv materiallari prokurorga yuborilguniga qadar bölgan vaqtni öz içiga oladi.

Tergovga qadar tekşiruv materiallari prokuratura organlariga yuborilişining boisi, jinoyat sodir etilgani töğrisidagi ariza va xabarlarni köriş hamda hal qiliş, tekşiruvni amalga oşirişning qonunda belgilangan tartibi, çiqarilgan qarorning qonuniyligini nazorat qiliş prokurorning vakolatidir. Uşbu qoidalarda qonunçilikda tergovga qadar tekşiruv, ya’ni jinoyatga oid ariza, xabar va boşqa ma’lumotlar röyxatga olinişini hal qiliş jarayonida raqamli texnologiyalarni nazarda tutadigan yoki uni çeklaydigan alohida norma közga taşlanmaydi.

Bu borada ba’zi davlatlar tajribasi örganilganda, jinoyat iş yurituvi jarayoni raqamlaştirilgani ijobiy samara berayotgani ma’lum böldi. Masalan, Germaniyada jinoyat töğrisida ariza, xabar va ma’lumotlarning raqamli tekşiruvi jinoyat-protsessual qonunçilik bilan tartibga solingan. Armaniston Jinoyat-protsessual kodeksiga köra, yuridik şaxsning jinoyat töğrisidagi xabari xizmat xati şakliga ega bölişi yoki telegramma, telefonogramma, radiogramma, elektron poçta yoxud boşqa tasdiqlangan ma’lumot körinişida bölişi lozim. Bundan taşqari, mazkur tizim Gruziya, Qozoğiston, Saudiya Arabistoni, Estoniya va boşqa davlatlarda ham yölga qöyilgan.

Mamlakatimizda 2020 yilga qadar içki işlar organlariga kelib tuşgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlar qoğoz şaklda qabul qilinar, bu esa ma’lumotlarni öz vaqtida röyxatga oliş hamda jinoyat-protsessual qonunçilikda belgilangan muddatda hal qilişda salbiy holatlarni keltirib çiqarayotgan edi. Tizimdagi izçil islohotlar samarasi ölaroq içki işlar organlari faoliyatiga  axborot texnologiyalari keng joriy qilingani natijasida “102” avtomatlaştirilgan axborot tizimi yölga qöyildi. Ma’lumotlarga köra, 2024-yilda “102” xizmatiga beş milliondan ortiq murojaat kelib tuşgan, ularning barçasi qonunçilikda belgilangan tartibda körib çiqilgan. 

Albatta, jinoyatga oid ariza, xabar va boşqa ma’lumotlarni röyxatga olişning tezkorligi va inson omilisiz amalga oşirilişi ijobiy jarayondir. Bu örinda qayd etilgan ma’lumotlarni qonun talablari asosida tekşiriş va hal etiş jarayonini ham raqamlaştiriş vazifasi dolzarb masala. Aynan bu borada 2021-yildan boşlab jinoyatga oid ariza, xabar va boşqa ma’lumotlarni elektron röyxatga oliş va körib çiqiş natijalarining yagona elektron hisobini yuritiş imkonini beruvçi “E-material” dasturiy moduli işga tuşirildi.

Belgilangan tartib böyiça “102” tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklarga oid ma’lumotlar tergovga qadar tekşiruv organi mansabdor şaxsiga yetkaziladi. Tergovga qadar tekşiruv organi xodimining murojaatni hal etiş jarayoni situasion-tahliliy markaz kuzatuvida böladi. Bundan taşqari, “E-material” dasturiy moduli yordamida jinoyatga oid ma’lumotlarni hal etiş jarayoni böyiça prokurorlik hamda idoraviy nazorat ham amalga oşiriladi. 

Biroq tahlillar jinoyatga oid ariza va xabarlarni “E-material” elektron axborot tizimi orqali röyxatga oliş, ular böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlarini ötkazişda protsessual qonunçilikka amal qiliş yuzasidan idoraviy hamda prokurorlik nazoratini yanada kuçaytiriş lozimligini körsatadi.

Şundan kelib çiqib, “E-material” elektron axborot tizimiga jinoyatga oid ariza, xabar va boşqa ma’lumotlarning töğri qayd etilişi böyiça prokuror nazoratini kuçaytiriş, jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqidagi har bir qaror loyihasining prokuror va tergov organi rahbari tomonidan örganilib, jinoyat alomatlari mavjud emasligi töğrisida xulosa qiliş, yaqqol jinoyat alomatlari mavjud bölgan ma’lumotlar böyiça darhol jinoyat işi qözğatiş çoralarini köriş jinoyatlarni hisobga oliş faoliyatini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.

Mazkur mexanizm joriy etilişi natijasida, birinçidan, jinoyatga oid ariza, xabar va boşqa ma’lumotlarni öz vaqtida qabul qiliş hamda röyxatdan ötkaziş tizimi takomillaştiriladi.

 Ikkinçidan, tergovga qadar tekşiruv faoliyati ustidan prokurorlik va idoraviy nazorat yanada kuçaytiriladi hamda jinoyatni hisobdan yaşiriş holatlariga barham beriladi.

Uçinçidan, jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boşqa ma’lumotlarni körib çiqiş hamda tergovga qadar tekşiruv jarayonini töliq raqamlaştiriş imkoniyati vujudga keladi. Eng muhimi, davlat organlarining vakolatli mansabdor şaxslari bilan boğliq korrupsiyaviy jinoyatlarni oziqlantiruvçi omillar bartaraf etiladi.

 

Rustam HOTAMOV,

IIV akademiyasi boşliği,

yuridik fanlar böyiça

falsafa doktori (PhD), dotsent

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech