Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jinoyatchilikni jilovlash – ustuvor masala

09 Oktyabr 2024, 03:10

361

Yurtimizda kechayotgan islohotlar natijadorligini oshirish, aholi bilan ishlash, ayniqsa ularning muammolarini joyida hal etishda mahalla institutining o‘rni beqiyos.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi rahbari Rustam Xatamov poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan muloqot qildi. Mahalla raisi boshchiligidagi “yettilik” tizimi vakillari, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etgan uchrashuvda kriminogen vaziyat atroflicha muhokama qilindi.

Keyingi yillarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangi tizim yaratilgani, hududlarning kriminogen vaziyatini yaxshilash borasida ilmiy yondashuvga asoslangan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi. Ayniqsa akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan hudud tajribalarining yaratilayotgani ijobiy natija berayotgani qayd etildi.

Ta’lim muassasasi rahbari mahallada sodir etilgan huquqbuzarliklarga e’tibor qaratib, jinoyatchilikni jilovlash ustuvor masala ekanligini alohida ta’kidladi. “Muhtaram Prezidentimiz mahallalar jinoyatdan xoli hudud bo‘lishi kerakligini aytgan edilar. Tizimning samarali ishlashi faoliyatni hamjihatlik bilan tashkil etishimizga bog‘liq. Bunda avvalo aholining barcha qatlami orasida jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishimiz kerak”, - dedi u.

Ochiq muloqotda aholi bilan manzilli ishlash, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etish, oila-turmush doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, hududlarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha “mahalla yettiligi”ga metodik yordam ko‘rsatish yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi.

Mahallamizda 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Har bir muammoni “yettilik” a’zolari va faollar bilan birgalikda hal etib kelayapmiz. Ayniqsa, oilaviy ajrimlarni kamaytirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarimizning huquqiy madaniyatini oshirish, jinoyatchilikka barham berish masalalari doimiy e’tiborimizda. Bu borada IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari ham bizga yaqindan ko‘mak berishmoqda, – deydi mahalla raisi Shuhrat Gaziyev.

Shu kunning o‘zida akademiya vakillari tumanning “Olmachi” mahallasida joylashgan huquq-tartibot maskani hamda 1-sonli ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan ham tanishdilar. Soha xodimlari bilan muloqot chog‘ida ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning dolzarb talablari, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yetkazildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech