Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jinoyatçilik oqibatlari tuşuntirildi

20 Noyabr 2026, 16:14

159

Poytaxtimizdagi INHA universitetida yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga bağişlangan profilaktik tadbir ötkazildi.

Yoşlar kuni munosabati bilan taşkil qilingan tadbirda mas’ullar, talabalar hamda Içki işlar vazirligi akademiyasi vakillari iştirok etdi.

Uçraşuvda mahallalardan xavfsiz muhitni şakllantiriş, xalqimiz osoyiştaligini ta’minlaş, jinoyatçilik omillariga barham beriş maqsadida amalga oşirilayotgan keng qamrovli çora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Şu bilan birga, yoşlar tomonidan kiberfiribgarlik, bezorilik, öğirlik, giyohvandlik va boşqa turdagi jinoyatlar köp sodir etilayotgani, ular örtasida soğlom muhitni qaror toptiriş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, profilaktik işlarni samarali taşkil etiş dolzarb vazifa ekanligi aytib ötildi.

Tarğibot tadbirida yoşlar tarbiyasi va ma’naviyatiga salbiy ta’sir körsatayotgan illatlar haqida ham söz bordi. Bu borada yoşlar bilan manzilli işlaş orqali ularning bandligini ta’minlaş, böş vaqtini mazmunli taşkillaştiriş, yoşlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, ularni jamiyat va yurt manfaatlariga yuksak daxldorlik ruhida kamol toptiriş lozimligi ta’kidlandi.

Muloqot tarzida ötgan uçraşuv davomida yoşlar jinoyatçiligiga sabab bölayotgan omillar, har qanday huquqbuzarlik oqibatida kelib çiqadigan ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, qonunçilikda belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan atrofliça tuşunça berildi.

Talabalarni ogohlikka çaqiriş va kelajak taqdiriga daxldorligini oşiriş maqsadida “Hayot akademiyasi” filmi namoyiş etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech