Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jasorat – chinakam ibrat

12 Yanvar 2023, 08:01

845

IIV Akademiyasida “Qahramonlar nomi barhayot!” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining o‘ttiz bir yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, ichki ishlar organi faxriysi, iste’fodagi general-mayor Habibulla Hojimatov, ta’lim muassasasi xodimlari va kursantlari ishtirok etdi.

Tadbirni Akademiya boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Bobur Dadajonov ochib, mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ta’minlashda harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining mas’uliyatli xizmati borligini, mazkur tadbir yoshlarning harbiy-vatanvarvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda vatan tuyg‘usi, burchga sadoqatli bo‘lish va el-yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilishning sharafli mas’uliyati haqida so‘z bordi. Mustaqillik yillari xizmat vazifasini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yorqin xotirasi yodga olinib, zamonamiz yoshlari buyuk ajdodlarimiz va ona Vatanimiz uchun o‘z jonini fido etgan zamondoshlarimizdan munosib ibrat olishlari ta’kidlandi.

Yurtimizni madh etuvchi she’riy chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech