Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jangovar shaylik sinovdan o‘tkazildi

26 Sentyabr 2023, 07:09

844

IIV Akademiyasi kunduzgi ta’limi bakalavriatining 2-o‘quv kursi otryadlari o‘rtasida musobaqa tashkil qilindi.

Harbiy tayyorgarlik kafedrasi hamda saf qismi hamkorligida kursantlarning jangovar ruhi va shayligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada jami 7 ta otryad qatnashdi.

Bellashuv shartlariga ko‘ra, kursantlar 100 metr masofani yugurib bosib o‘tgan holda “Makarov” hamda “Kalashnikov” qurollarini qismlarga ajratish va yig‘ish, avtomat o‘qdonini o‘qlash mashqlarini bajardilar. Malakali o‘qituvchilar tomonidan har bir shartning to‘g‘ri va belgilangan vaqtda bajarilishi nazorat qilib turildi. 

Qizg‘in bellashuv yakunida 2-otryad kursantlari eng yaxshi natijani qayd etib birinchi, 5-otryad kursantlari ikkinchi hamda 1-otryad kursantlari uchinchi o‘rinni egalladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech