Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

31 May 2022, 08:05

1363

IIV qoshidagi 1-sonli akademik litseyda ta’lim maskani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan mahorat mashg‘ulotida pedagogik faoliyatda ilmiy salohiyatning ahamiyati, globallashuv sharoitida tadqiqotchilar oldida turgan ustuvor yo‘nalishlar haqida fikr almashildi.

IIV Akademiyasining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, podpolkovnik Abror Amanov zamonaviy ilm-fanning dolzarb masalalari, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi, davlatimiz tomonidan mazkur sohani rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor natijasida so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ hujjatlar va ularning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida Akademiyada ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish istiqbolli dasturi asosida amaliyotga tatbiq qilinayotgan yondashuvlar, ilmiy salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar namoyish qilindi.

* * *

Ichki turizmni rivojlantirish, yurtimizning boy madaniy-tarixiy salohiyatidan oqilona foydalanish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Akademiya kursantlari poytaxtimizning eng ko‘rkam go‘shalari – Xotira maydoni, Amir Temur xiyoboni va Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat qilib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar. Sayohat davomida ushbu maskanlarning tarixi, yosh avlod kamolotida tutgan ulkan ahamiyati, mamlakatimizning turizm salohiyati haqida ma’lumot berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech