Chilonzor tumanining 3-sektor hududida o‘tkazilgan tadbirda “Navbahor”, “Katta Navbahor”, “Nafosat”, “Diyor” va “1-Qatortol” mahalla fuqarolar yig‘inlari a’zolari qatnashdi.
Tadbir huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlashda “fuqarobay” ishlash bo‘yicha metodik qo‘llanmaning targ‘ibotiga bag‘ishlandi.
Uchrashuvda IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “O‘rikzor” mahallasi misolida tayyorlangan mazkur qo‘llanmaning mazmun-mohiyati, unda keltirilgan vazifalar, xususan, “ilmiy diagnoz” asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar batafsil tushuntirib o‘tildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati