Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi doirasida

17 Dekabr 2024, 09:12

70

IIV akademiyasida “Ichki ishlar organlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va ko‘rib chiqish faoliyatini takomillashtirish” mavzuiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirni akademiya boshlig‘i o‘rinbosari R. Nigmatov ochib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil qilingan ilmiy-amaliy anjumanning muhim ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.

Anjumanda soha mutaxassislari va olimlarning dolzarb mavzudagi ma’ruzalari, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalari, ayni sohadagi muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari borasidagi mulohazalari tinglandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech