Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jamoamiz “Zakovat” g‘olibi bo‘ldi!

17 Iyun 2023, 02:06

796

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan respublikamizda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashining tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz – Vatan uchun!” shioriga bag‘ishlab o‘tkazilgan bellashuvda poytaxtimizdagi harbiy qismlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalaridan 18 jamoa ishtirok etdi.

Intellektual bellashuvda qiziqarli, mantiqiy, zehniyatni charxlovchi 24 ta savol o‘ynaldi. Ishtirokchilar har bir savolga zukkolik bilan to‘g‘ri javob berishga harakat qilishdi.

Sog‘lom raqobat ostida o‘tgan bellashuv yakunida IIV Akademiyasi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli harbiy qism va Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi jamoalariga ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlar nasib etdi. G‘oliblar Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashining diplomlari bilan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech