O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, faxriylar hamda ixtisoslashgan oliy o‘quv muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida intellektual o‘yin muallifi va boshlovchisi Abdurasul Abdullayev so‘zga chiqib, jamoalarni Konstitutsiya bayrami bilan qutladi.
Bilimlar bahsida 43 ta jamoa qatnashdi. Turnir davomida eng yuqori natija qayd etgan 3 ta jamoa sovrindor bo‘ldi. Shunga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi birinchi, Adliya vazirligi markaziy apparati jamoasi ikkinchi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoa a’zolarining har biri tashkilotchilar va homiylarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati