Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jamoalar saralandi

20 Sentyabr 2022, 10:09

726

IIV Akademiyasida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan musobaqa qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Mini futbol turnirining saralash bosqichida jami 5 ta jamoa ishtirok etdi. Qur’a natijasiga ko‘ra, bir omadli jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalga yo‘l olgan bo‘lsa, qolgan jamoalar saralash bahslarida o‘z imkoniyatini sinab ko‘rdi.

Dastlabki o‘yinda Qo‘riqlash otryadi jamoasi o‘quv-saf qismi futbolchilariga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi uchrashuv ham gollarga boy o‘tib, unda yuridik kafedralar jamoasi bo‘lim-xizmatlar xodimlarini 5:2 hisobida mag‘lub etdi. G‘olib jamoa futbolchilari keyingi turda ijtimoiy-gumanitar kafedralar jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi. Mazkur o‘yinda zafar quchgan jamoa final bahsida o‘quv-saf qismi jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Turnirning hal qiluvchi bahslari ertaga davom ettiriladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech