Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jahon chempionatidan navbatdagi medal

20 Noyabr 2023, 09:11

847

Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida sportning bel olish va uch kurash turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda Bolgariya, Ruminiya, Rossiya, Moldovo, Gruziya, Hindiston, Eron, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va mamlakatimizdan 200 nafardan ortiq sportchi qatnashdi.

Jahon birinchiligining ayollar o‘rtasidagi bahslarida IIV Akademiyasi kursanti Ulmeken Uzakbergenova (60 kg) finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etib, yakunda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa sovrindorlari O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Belbog‘li, bel olish va uch kurash milliy assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech