Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jaholatga qarshi targ‘ibot

26 Sentyabr 2024, 06:09

198

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni ogohlikka chorlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va mazkur universitet mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda kursantlar qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar giyohvandlik va u bilan bog‘liq illatlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar oqibatida sodir etiladigan huquqbuzarliklar, jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirish va yoshlarni bu kabi illatlar ta’siridan asrash masalalariga atroflicha to‘xtaldilar.

Ta’lim muassasalari, mahallalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli profilaktik chora-tadbirlar natijasida giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinayotgani, biroq ayrim yoshlar turli omillar tufayli ushbu illat ta’siriga tushib qolayotgani aytib o‘tildi.

– Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan aksariyat huquqbuzarliklar e’tiborsizlik natijasida kelib chiqadi. Shu bois, giyohvandlikka qarshi kurashishda ta’lim muassasalari bir qatorda, ota-onalarning mas’uliyatini ham kuchaytirish, mahallalarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari ko‘lamini oshirish zarur, – dedi polkovnik Ismoil Himmatov.

Tadbir davomida talab yoshlarga zarur tavsiyalar berildi. Giyohvandlikka ruju qo‘yishning salbiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirib o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech