Yurtimizda qizlar tarbiyasi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, salomatligini muhofaza qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki, sog‘lom va barkamol avlod millatning davomchilari sanaladi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyada “Sog‘lom turmush tarzi – kelajak poydevori” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. IIV Markaziy poliklinikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda qizlar salomatligini asrab-avaylashning muhim jihatlari xususida so‘z bordi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, muhtaram Prezidentimizning g‘amxo‘rligi bilan yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga kasb-hunar o‘rgatish, bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishiga qo‘maklashishga qaratilgan izchil mexanizmlar tatbiq qilingan.
Davra suhbatida so‘z olganlar reproduktiv salomatlik, qizlarni oila qurishga tayyorlash va ularning tibbiy madaniyatini oshirish masalalariga to‘xtalib, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning afzalliklari, erta oila qurishning salbiy oqibatlari, ayrim xastaliklarning kelib chiqish sabablari yuzasidan kursant qizlarga tibbiy-psixologik maslahatlar berishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati