Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği Iqtidorli kursantlar kengaşi a’zolari bilan uçraşdi. Muloqot davomida yoşlar tomonidan ta’lim samaradorligini yanada oşirişga qaratilgan ilğor ğoyalar ilgari surildi.
Yurtimizda yoşlarga oid davlat siyosati zamonaviy taraqqiyotning ustuvor yönalişlaridan biri etib belgilangan. Kelajagimiz vorislarining orzu-havaslari, hayotiy maqsad-muddaolarini röyobga çiqariş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar yuksak ilm-ma’rifatli, yurt taqdiriga daxldor, vatanparvar va şijoatli öğil-qizlarni kamol toptirişga xizmat qilmoqda. Buning ezgu samaralari yoş avlod orasida yetişib çiqayotgan yangi-yangi iste’dodlar, iqtidor va salohiyat egalarining yutuqlari, jamiyatimiz ravnaqi yölidagi faol taşabbus va intilişlarida namoyon bölayotgani quvonarli, albatta.
Ma’lumki, joriy yilning aprel oyida IIV Akademiyasi boşliğining taşabbusi bilan Iqtidorli kursantlar kengaşi faoliyati yölga qöyilib, kunduzgi ta’lim öquv guruhlaridan fanlarni yubori baholarga özlaştirayotgan, kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlari, iqtidori, fidoiyligi, taşabbuskorligi bilan tengdoşlariga örnak körsatayotgan eng faol öğil-qizlar kengaş tarkibiga qabul qilingan edi. Şuningdek kengaş a’zolarining har oyda bir marotaba ta’lim maskani boşliği bilan uçraşuvini ötkaziş orqali ularning öquv jarayonini samarali taşkil etiş böyiça fikrlari, taklif hamda tavsiyalarini örganib, amaliyotga joriy qiliş belgilangan.
Galdagi uçraşuvda Akademiya boşliği, polkovnik Rustam Xatamov kengaşning ötgan davr mobaynidagi faoliyatini sarhisob qildi. Aytib ötilganidek, yoşlarning zamon talablari darajasida bilim olişlari, kasbiy könikma va ma’naviy-axloqiy salohiyatlarini yuksaltirib borişlari maqsadida öquv jarayoniga qator yondaşuvlar tatbiq etilmoqda.
Çunonçi, hozirda kunduzgi ta’lim kursantlari öquv tezkor-tergov guruhlari tarkibida Toşkent şahrida sodir etilgan oğir va öta oğir jinoyatlar böyiça voqea joyiga çiqib, nazariy bilimlarini amaliy könikmalar yordamida mustahkamlab kelmoqdalar. Poytaxtning Mirzo Uluğbek, Yaşnobod va Yunusobod tumanlarida kunliy bazaviy amaliyot ötaş imkoniyati yölga qöyildi. Hududiy içki işlar organlari rahbarlari iştirokida ötkazilayotgan onlayn master-klass maşğulotlari kursantlarning joylardagi kriminogen vaziyat bilan yaqindan tanişişi hamda hududlarning öziga xos xususiyatiga moslaşişida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda yoşlarning xalqaro tajribani örganişiga keng yöl oçilgan. Bundan taşqari, öquv dargohida ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik tarbiya hamda jismoniy tarbiya va sport yönalişlarida bir qança tögaraklarning taşkil etilgani ularning öz qobiliyati va iqtidorini töla namoyon etişiga imkon bermoqda.
– Mamlakatimizda keçayotgan keng kölamli yangilanişlar yoşlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi, – dedi öquv dargohi boşliği. – Biz yoşlarni öylantirayotgan muammolarga strategik muhim vazifa sifatida qarayotganimiz bejiz emas. Ayni jarayonda kengaş a’zolari ta’lim muassasasi rahbariyati va kursantlar örtasida asosiy “drayver”ga aylanişi kerak. Çunki yuksak bilim va dunyoqaraşga ega, kreativ fikrlaydigan, har jabhada faol, taşabbuskor, vatanparvar kursantlarni tarbiyalaş, bu borada ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va professional kadrlar bölib yetişişi uçun barça imkoniyatlarni işga soliş ustuvor maqsadimizdir.
Muloqot çoğida kiberxavfsizlik, IT-texnologiyalar va xorijiy tillarni örganişga yönaltirilgan qöşimça muşğulotlar taşkil etiş, iqtidorli kursantlarning kökrak nişonini ta’sis etiş, ixtisoslik yönalişlari böyiça turdoş oliy ta’lim muassasalari yoşlari orasida bilimlar bellaşuvini muntazam ötkazib boriş, bazaviy amaliyot maşğulotlari kölamini köpaytiriş, iste’dodli kursantlarning ijod namunalarini kitob holida naşrdan çiqariş borasida qator takliflar örtaga taşlandi. Akademiya boşliği tegişli xizmat va tarkibiy tuzilmalar rahbarlariga yoşlar taşabbuslarining amaliy ijrosini ta’minlaş yuzasidan aniq vazifalarni yukladi. Kengaş a’zolari öz tengdoşlariga örnak böliş barobarida, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qiliş – oliy burçimiz!” degan ezgu tamoyil asosida yoşlarni buyuk maqsadlar sari birlaştirişi lozimligi ta’kidlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati