IIV Akademiyasi kursantlari poytaxtimizdagi “IT-Park” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Istiqbolli “Start-up” loyihalarni ishga tushirish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarga chiqarishga ixtisoslashgan ushbu maskan bundan ikki yil muqaddam qurib, foydalanishga topshirilgan edi. Mutaxassislarning fikricha, “IT-Park” mamlakatimiz dasturchilari va iqtidorli yoshlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi.
Sayohat davomida kursantlar dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining zamonaviy imkoniyatlari, amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqbolli dasturlar haqida ma’lumotga ega bo‘ilshdi. Akademiya faoliyatida ta’limning innovatsion yondashuvlarini tatbiq etish borasida qilinayotgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan fikr almashildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati