IIV Akademiyasi kursantlari o‘rtasida “Axborot xavfsizligi bilimdonlari” mavzuida viktorina o‘tkazildi.
Tadbir avvalida Akademiya boshlig‘ining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Jamshid Isroilov so‘z olib, ichki ishlar organlarida raqamli texnologiyalarning o‘rni, bellashuvining maqsad va vazifalari xususida to‘xtaldi.
Viktorinada 3-bosqichda ta’lim olayotgan kursantlardan iborat 7 ta jamoa “Axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashishda uchrayotgan muammoli vaziyatlarni ko‘rsatish”, “Tezkor savol-javob” hamda “Kompyuter yordamida amaliy topshiriqlarni bajarish” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Jamoalarning chqishlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi, IIV Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotlarni himoyalash boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek Akademiyaning Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan baholab borildi.
Bellashuv yakunida “Cyber Guard” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlangan bo‘lsa, bir guruh yoshlar “Eng faol ishtirokchi”, “Eng kreativ ishtirokchi” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati