Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Istiqbolli loyiha muhokama qilindi

09 Mart 2024, 04:03

713

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Xitoyning “Beijing Construction Engineering Group Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining grant mablag‘lari hisobidan barpo etilayotgan “Innovatsion ta’lim fondi” texnik-iqtisodiy jihatlari muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur loyihaning sifatli amalga oshirilishidan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. O‘z navbatida, zamonaviy inshoot ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shu kuni xitoylik mutaxassislar tomonidan “Innovatsion ta’lim fondi” qurilishi rejalashtirilgan yer maydoni o‘rganildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech