Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qisqa satrlarda

03 Dekabr 2021, 08:12

2025

IIV Akademiyasining Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati “Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan OITS/OIV profilaktikasini tashkil etish” mavzuiga bag‘ishlandi.

Tadbirda OITS/OIV va tanosil kasalliklarining yuqish yo‘llari, klinik ko‘rinishlari va davolash usullari, fuqarolar salomatligini muhofaza qilishda ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatining o‘rni, bu borada profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, virusli infeksiyalar bilan kasallanishning oldini olishga qaratilgan milliy qonunchilik normalarining ijrosini ta’minalash, aholi orasida huquqiy va tibbiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbatida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.    

***

Poytaxtimizda “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tashkil etilgan tadbirda IIV Akademiyasi kursantlari ham ko‘ngilli ravishda ishtirok etdilar. Donorlardan olingan qon preparatlari onkogematologiya va davolash qiyin bo‘lgan kasallikka chalingan bemorning salomatligini muhofaza qilishga yo‘naltiriladi.

***

IIV Akademiyasining “tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida o‘tkazilgan sud majlisi hamda “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etishdi.

Tadbirda korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazuvchi illat bo‘lib, unga qarshi kurashish yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi ekanligi ta’kidlandi. Sud-huquq sohasi mutaxassislari tomonidan korrupsiyaga qarshi siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, xususan, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qo‘yishda huquq-tartibot organlari faoliyatining o‘rni borasida zarur tavsiyalar berildi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech