Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

INTERPA: HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANDI

25 Noyabr 2024, 09:11

146

11–13-noyabr kunlari INTERPA xalqaro tashkiloti a’zolari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida yig‘ildilar. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Dastlab Ijroiya kengash va Bosh assambleya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar global xavfsizlik va barqarorlik yo‘lida aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidlab, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratdilar. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar va hamkor ta’lim muassasalari ishtirokida o‘tkaziladigan galdagi uchrashuvlar yuzasidan kelishib olindi.

Suningdek, INTERPA doirasida “Politsiya faoliyatida sun’iy intellekt” mavzusida XIII xalqaro konferensiya ham o‘tkazildi. Xalqaro va mahalliy mutaxassislar ishtirok etgan anjumanda huquqni muhofaza qilish faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, bu borada o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Yalpi majlis va sessiyalarda “Politsiya faoliyatida sun’iy intellekt”, “Sun’iy intellekt orqali jinoyatchilikni prognoz qilish”, “Sun’iy intellekt va kriminalistika”, “Sun’iy intellektni integratsiyalashdagi muammo va imkoniyatlar”, “Xavfsizlikni ta’minlashda sun’iy intellektni qo‘llash”, “Dron hujumlaridan himoyalanishda sun’iy intellektdan foydalanish” va boshqa mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Konferensiya ishtirokchilari uchun “Politsiya faoliyatida sun’iy intellekt” ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Xorij safari davomida IIV akademiyasi vakillari Qirol Fahd nomidagi Saudiya Arabistoni xavfsizlik kolleji faoliyati bilan tanishdilar. Ikki tomonlama muloqotda muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi. Bundan tashqari, delegatsiyamiz a’zolari Qatar, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston va Hindistonning turdosh oliy ta’lim muassasalari vakillari uchrashib, ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech