Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Internetdagi yashirin tahdidlar qanchalik xavfli?

27 Aprel 2022, 10:04

1672

Global internet tarmog‘ining foydali tomonlari bilan birga, salbiy jihatlaridan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ayniqsa hozirgi murakkab sharoitda yoshlarni virtual olamdagi xurujlardan himoya qilish dolzarb vazifaga aylanmoqda.

Ichki ishlar vazirligi qoshidagi 1-sonli akademik litseyda “Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi va buning zararli oqibatlari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. 

Akademiyaning Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlash kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Ahror Xudoyberdiev so‘z olib, internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish masalalariga to‘xtaldi. Qayd etilishicha, internet tarmog‘i orqali yoshlar ta’lim-tarbiyasi va ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, axloqsizlik, behayolik, buzg‘unchilikni targ‘ib qiluvchi yot g‘oyalar keng tarqatilmoqda. Yoshlar orasida profilaktik targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etish bunday salbiy illatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida avvalo o‘quvchilarning huquqiy madaniyati va ma’naviy immunitetini shakllantirish, ularning qiziqish va iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirish lozim bo‘ladi.    

Tadbirda voyaga yetmaganlar tomonidan internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklar tahlil qilinib, bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotgan yoshlar bilan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, virtual olamdagi tahdidlarning oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech