Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Inspektor-psixologlarning mahorati oshiriladi

7 Iyul 2025, 21:02

1216

IIV akademiyasida ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha psixolog-inspektorlari uchun o‘quv yig‘ini tashkil qilindi.

Xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, faoliyatga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, hududlarda ilg‘or tajribalarni yaratish orqali voyaga yetmaganlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish o‘quv yig‘inidan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.

Yig‘in doirasida psixolog-inspektorlar uchun “yuridik psixologiya”, “kasbiy psixologiya”, “fuqarolar bilan muloqot” o‘quv modullari, shuningdek “Oila-mahalla-maktab” tamoyili asosida manzilli ishlash metodikasi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Foliyatdagi muammolar tahlil qilinib, ularning ilmiy-amaliy yechimlari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, xodimlarning kasbiy, jangovar-jismoniy va saf tayyorgarligini oshirish, ular ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘quv yig‘ini 26-iyulga qadar davom etadi va yakunda tinglovchilardan sinovlar qabul qilinadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech