Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Inson qadri – ulug‘

30 Dekabr 2022, 03:12

1109

Yangi yil bayrami arafasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari bir guruh soha faxriylarini yo‘qlashdi.

Xayrli tadbir ta’lim muassasasi rahbariyati tashabbusi bilan faxriylar holidan xabar olish, ularni ma’naviy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshi ulug‘larga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali jamiyatda inson qadrini ulug‘lash maqsadida tashkil qilindi.

Samimiy uchrashuv nuroniy otaxonu onalarga cheksiz quvonch bag‘ishladi. Uch avlod vakillari fayzli dasturxon atrofida dildan suhbat qurib, el-yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida kechgan umr yo‘llarini yodga olishdi. Xonadon egalariga bayram sovg‘alari va oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

Shu kuni xizmat paytida vafot etgan marhum xodimlarning oila a’zolariga ham mehr-muruvvat ko‘rsatildi. Jajji bolajonlar Yangi yil sovg‘alarini katta shodu xurramlik bilan qarshi olishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech