IIV Akademiyasida probatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan soha vakillari, ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari, kunduzgi ta’limning “probatsiya faoliyati” hamda “jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishlari kursantlari qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar probatsiya nazoratidagi shaxs, ushbu toifadagilar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, jazoni o‘tab qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, probatsiya elektron bazasini yuritish masalalariga to‘xtalib, mavjud muammolarning yechimlariga qaratilgan mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati