Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilmiy-amaliy konferensiya

25 Noyabr 2024, 08:11

166

IIV akademiyasida “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda psixologik ta’minlash faoliyati: muammo va yechimlar” mavzuiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda qator vazirlik va tashkilotlar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning psixolog mutaxassislari, yetakchi ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar qatnashdi.

Anjuman ishtirokchilari zamonaviy sharoitda faoliyatni psixologik ta’minlashning muhim ahamiyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ruhiy tayyorgarligi oshirish masalalari, bu borada amaliyotga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar va yechimini kutayotgan muammolar xususida fikr almashdilar. Mavzu doirasida soha vakillarining ma’ruzalari, amaliy takliflari tinglandi.

Konferensiya doirasida Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Milliy gvardiya qo‘mondonligi o‘rtasida memorandumlar imzolandi. Shuningdek, ichki ishlar organlari tizimida o‘tkazilgan “Eng yaxshi psixolog” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Konferensiyada ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor D. Nazarmuhammedov ishtirok etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech