Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilmiy-amaliy konferensiya

28 Noyabr 2023, 10:11

771

IIV Akademiyasida “Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligini ta’minlash: bugungi holati va istiqbollari” mavzuyida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjuman IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti Jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish boshqarmasi, vazirlik tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, idoraviy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Tadbirni Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Bobur Dadajonov ochib, ichki ishlar organlaridagi islohotlar jarayonida soha xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar, kelgusidagi muhim vazifalar, ilmiy-amaliy anjumanning dolzarb ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Onlayn va oflayn formatda bo‘lib o‘tgan konferensiyada “Ichki ishlar organlari xodimlari malaka oshirish tizimida jangovar va jismoniy tayyorgarlikning o‘ziga xos xususiyati”, “Tizim xodimlarining jangovar tayyorgarligini oshirishda o‘qotar qurollardan foydalanishning muhim ahamiyati”, “IIV Akademiyasi kursantlarining jismoniy tayyorgarligini ta’minlash”, “Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatishni qo‘llash sohasida kasbiy o‘q otishni metodik ta’minlash muammolari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Soha mutaxassislari kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash, soha xodimlarining jangovar va jismoniy chidamlilik qobiliyatlarini rivojlantirish, mazkur faoliyat bo‘yicha xorijiy davlatlarda shakllangan ijobiy tajribalar xususda fikr almashilib, qator taklif hamda tavsiyalar bildirishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech